"O'zkimyosanoat" AJ

Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 13-may sanasidagi savdo yakunlari

// 14 May 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/birja20240513

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi oʻz savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2024-yil 13-may sanasidagi yakuni boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 13-may kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali jami 11 014,3 tonna 35 617,2 mln soʻmlik mineral oʻgʻitlar sotildi. Oʻtgan hafta bu koʻrsatkich yuqori  boʻlgan, yaʼni 10-may kuni 39 809,0 mln soʻmlik 13 015,9 tonna mineral oʻgʻitlar sotilgan

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, kaliyli oʻgʻitlar, superfosfat azot-fosforli oʻgʻit kabi mahsulotlar qoʻyildi. Savdoga qoʻyilgan mineral oʻgʻitlardan ammiakli selitra eng koʻp sotilgan mahsulot boʻlib, sotuvning 42,6 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral oʻgʻitlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qoʻllanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kalsinatsiyalangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi bir qator kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qoʻyib boriladi.

13-may kuni jami 6137,7 mln soʻmlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotildi. Oʻtgan hafta bu koʻrsatkich yuqori boʻlgan, yaʼni 10-may kuni 8515,0 mln soʻmlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotilgan. Sotuvning asosiy qismini, yaʼni 31,7 foizini kaltsinatsiyalangan soda mahsuloti tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “Oʻzkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi boʻyicha barcha maʼlumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi boʻyicha taklif va eʼtirozlaringiz boʻlsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“Ozkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati