"O'zkimyosanoat" AJ

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ qoshidagi fotoelektr stansiyasi

// 15 June 2022 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/birinchi-rezinotexnika-zavodi-fotoelektr-stansiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha jadal chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4422-son qaroriga asosan “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi. Bu qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish dasturini amalga oshirishda ham muhim qadam bo‘ldi.

O‘t o‘chirish bo‘limi va oshxona binolarining tomlariga o‘rnatilgan fotoelektr modullar qariyb 750 kvadrat metr maydonni egallagan va kuniga o‘rtacha 580 kVt quvvat ishlab chiqaradi.

Quyosh nurini elektr energiyasiga aylantiruvchi 330 ta fotoelektr modul allaqachon o‘rnatilib, 2022-yil 30-mayda foydalanishga topshirilgan.

O‘t o‘chirish bo'limi va oshxona binolari tomlariga fotoelektr stansiyasini o‘rnatish “TOSHELECTROAPPARAT” MCHJ kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Endi o'rnatilgan invertorlar (konvertorlar) bilan fotoelektr modullar yiliga taxminan 200 000 kVt / soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi.