"O'zkimyosanoat" AJ

Barqaror rivojlanish va ekologik muhofaza

// 16 April 2026 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/barqaror-rivojlanish-va-ekologik-muhofaza

“Navoiyazot” AJ mutasaddilari  va ma’sul xodimlari «Ernst & Young Advisory» konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashdilar. Muloqot davomida spikerlarning iqlim strategiyasini ishlab chiqishning umumiy yondashuvlari va maqsadlari, iqlim xavflari ta’sirchanligini tahlil qilish hamda ularning moliyaviy ta’sirini baholashga qaratilgan taqdimoti bilan tanishildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan iqlim strategiyasida belgilangan vazifalar muhokama etildi. 

Uchrashuv davomida tomonlar jamiyatning mavjud ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish, chiqindilarni kamaytirish orqali tabiatni asrash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash hamda xalqaro amaliyotga asoslangan eng maqbul yechimlarni joriy etish masalalari xususida so‘z yuritdilar.

Ushbu tashabbus nafaqat ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish, balki korxonaning xalqaro ekologik standartlarga mosligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Muzokaralar chog‘ida ta'kidlanganidek, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar natijasida «Navoiyazot» AJning investitsion jozibadorligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligi ortadi hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim qadam bo‘ladi.

Iqlim strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish hududdagi ekologik muhitga ijobiy ta’sir etish barobarida, korxonaning taraqqiyoti uchun dolzarb ahamiyatga ega.