Poytaxtimizda “Azot Sintezgaz. Özbekiston va MDH” V yubiley xalqaro kongressi öz işini boşladi. Ikki kun davom etadigan tadbirda gaz-kimyo sanoatining dolzarb masalalari va rivojlaniş istiqbollari muhokamalar markazida böladi. Kongress işida “Özkimyosanoat” AJ strategik hamkor sifatida iştirok etmoqda.
Xalqaro anjumanda 200 dan ortiq tarmoq vakili, jumladan, ammiak, metanol va mineral öğitlar işlab çiqaruvçilari, sintez-gazni qayta işlaş korxonalari, investorlar, texnologik kompaniyalar hamda uskunalar yetkazib beruvçilar jam böldi.
Tadbir doirasida mintaqada sintez-gazni qayta işlaş istiqbollari, yangi investitsiya loyihalari, ekologik modernizatsiya va işlab çiqariş samaradorligini oşiriş masalalari muhokama qilinmoqda. Mazkur yönalişlar “Özkimyosanoat” AJ uçun ham muhim ahamiyatga ega bölib, tarmoqda zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, işlab çiqariş quvvatlarini rivojlantiriş va xalqaro hamkorlikni kengaytiriş bilan bevosita boğliq.
Şuningdek, muhokamalar davomida sunʼiy intellekt va Industry 4.0 yeçimlarini işlab çiqarişga tatbiq etiş, yangi avlod katalizatorlaridan foydalaniş, eksport yönalişlarini kengaytiriş, logistika va taʼminot zanjirlarini takomillaştiriş hamda gaz-kimyo loyihalarini moliyalaştiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Kongress dasturi doirasida 40 dan ortiq maʼruzaçi va tarmoq ekspertining iştiroki, şuningdek, 15 dan ziyod istiqbolli investitsiya loyihasining taqdimoti közda tutilgan. Bundan taşqari, iştirokçilar uçun individual uçraşuvlar, davra suhbatlari, biznes-tuşliklar va işbilarmonlik aloqalarini örnatişga qaratilgan tadbirlar taşkil etilmoqda.
“Özkimyosanoat” AJ uçun mazkur xalqaro maydon xorijiy kompaniyalar, investorlar va texnologik hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlaş, yangi investitsiya imkoniyatlarini örganiş hamda kimyo sanoatiga ilğor texnologiyalarni jalb etiş borasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro kongress 19-noyabr kuni ham öz işini davom ettiradi. Unda tarmoqning istiqbolli yönalişlari böyiça muhokamalar va işbilarmonlik uçraşuvlari bölib ötadi.