"O'zkimyosanoat" AJ

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Ijroiya qo'mitasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

// 02 April 2020 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/appointment-isad-invest

Abdulloev Alijon Kaxramonovich – “O'zkimyosanoat” AJ Yig'ma axborot-tahlil departamenti boshlig'i etib tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Abdulloev tashkilotning Investitsion faoliyat departamenti boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

Kurbanov Akbar Djaxangirovich – “O'zkimyosanoat” AJ Investitsion faoliyat departamenti boshlig'i etib tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Kurbanov “MARTLET TRADING” MChJ direktori lavozimida faoliyat yuritgan.