
11-noyabr — O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni. Ushbu sana munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJda joylashgan “Kimyogar” sport-madaniyat majmuasida bayram tadbiri keng nishonlandi.
Tadbir davomida kasaba uyushmasi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlar taqdirlandi. Ularning mehnatlari e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.



“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati