2025-yilda jahon elastomerlar bozori hajmi 109,6 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Precedence Research prognozlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2026-yilda 115,4 mlrd dollarga, 2034-yilga kelib esa 175 mlrd dollarga yetadi. Bozorning oʻrtacha yillik oʻsish surʼati 5,34 foizni tashkil qilishi kutilmoqda.

Qariyb 60 foizlik oʻsish avtomobilsozlik, qurilish, tibbiyot va sanoat tarmoqlarida talabning ortishi, shuningdek, yuqori samaradorlikka ega va ekologik toza elastomer materiallarning keng joriy etilishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot maʼlumotlariga koʻra, yaqin sakkiz yil davomida Osiyo–Tinch okeani mintaqasi ushbu bozorda yetakchilikni saqlab qoladi. Mintaqaning bozor hajmi 2034-yilga kelib 47 mlrd dollardan 76 mlrd dollargacha oʻsishi mumkin. Shu bilan birga, Shimoliy Amerikada elastomerlar ishlab chiqarish surʼati boshqa barcha mintaqalarga nisbatan eng yuqori boʻlishi prognoz qilinmoqda.
Ushbu sohadagi yirik kompaniyalar qatoriga BASF SE (Germaniya), EI du Pont de Nemours and Company (AQSH), Lanxess AG (Germaniya), The Dow Chemical Company (AQSH) hamda JSR Corporation (Yaponiya) kiradi.