"O'zkimyosanoat" AJ

“5000 qadam“ — Mustaqillik sari sog‘lom qadam!

// 12 August 2026 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/5000-qadam-mustaqillik-sari-sog-lom-qadam


O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi — yurtimizning taraqqiyot yo‘li, ezgu maqsadlar va yangi marralar sari intilishini ifodalovchi ulug‘ ayyomdir.

Shu munosabat bilan “Ammofos-Maxam“ AJning “Chimyon“ bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida ishchi-xodimlar ishtirokida “5000 qadam“ yurish tadbiri tashkil etildi.



Tadbir ishtirokchilari birgalikda 5 000 qadam yurib, sog‘lom hayot tarzi, jismoniy faollik va faol hayot pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladilar.

Ayniqsa, yurtimiz mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish arafasida o‘tkazilgan ushbu tashabbus xodimlarni bir maqsad atrofida birlashtirib, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.