"O'zkimyosanoat" AJ

3 kundan soʻng aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish boshlanadi

// 12 January 2026 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/3-kundan-so-ng-aholi-va-qishloq-xo-jaligini-ro-yxatga-olish-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ  va Dehqonobod tumani hokimligi tomonidan Dehqonobod tumaniga biriktirilgan rahbar va xodimlar tashabbusi bilan qator amaliy tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, Dehqonobod tumanidagi “Istiqlol” MFY hududida joylashgan 70-sonli umumtaʼlim maktabida maktab direktorlari, ularning oʻrinbosarlari hamda pedagog xodimlar ishtirokida amaliy oʻquv seminari va tushuntirish ishlari oʻtkazildi. 

Tadbirda “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbar xodimlari, tuman statistika boʻlimi rahbari hamda mahalla idoralari masʼullari qatnashib, aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, huquqiy asoslari va tashkiliy masalalari yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga roʻyxatga olish tadbirlarini samarali va sifatli tashkil etish, aholi xabardorligini oshirish, har bir xonadonga yetib borish hamda jarayonni belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshirish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, ishchi guruh “Nodira”, “Boʻston” va “Oydin yoʻl” mahallalariga tashrif buyurib, mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. 

Suhbatlar davomida roʻyxatga olish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mavjud kamchiliklar, yuzaga kelayotgan muammolar va kelgusida takomillashtirish boʻyicha takliflar tinglandi.

Mazkur uchrashuvlar joylarda olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, aholi bilan bevosita muloqot oʻrnatish hamda roʻyxatga olish tadbirini yuqori saviyada oʻtkazishga xizmat qiladi.