"O'zkimyosanoat" AJ

2026 yilning birinchi choragida kimyo tarmogʻida 4,6 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi

// 20 April 2026 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/2026-yilning-birinchi-choragida-kimyo-tarmog-ida-4-6-trln-so

Joriy yilning yanvar–mart oylari yakunlariga koʻra, kimyo sanoati korxonalari tomonidan jami 4,6 trillion soʻmlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Hisobot davrida mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish hajmi 208,8 ming tonnani tashkil etdi. Jumladan, 124,7 ming tonna azotli, 28,4 ming tonna fosforli hamda 55,7 ming tonna kaliyli oʻgʻitlar ishlab chiqarildi. Qayd etish joizki, mazkur koʻrsatkichlar qishloq xoʻjaligi tarmogʻini mineral oʻgʻitlar bilan uzluksiz taʼminlash, yer unumdorligini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu bilan birga, sohada amalga oshirilayotgan modernizatsiya va texnik qayta jihozlash ishlari, investitsiya loyihalarining izchil roʻyobga chiqarilishi ishlab chiqarish hajmlarini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.