"O'zkimyosanoat" AJ

2026-yilda mahalliy kimyoviy mahsulotlar ulushini oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda

// 11 November 2025 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/2026-yilda-mahalliy-kimyoviy-mahsulotlar-ulushini-oshirish-b

“O‘zkimyosanoat” AJda mamlakatimizda turli tarmoqlarda import qilinadigan kimyoviy mahsulotlarni tahlil qilish asosida, 2026 yilda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Ushbu reja doirasida “O‘zkimyosanoat” AJ hamda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamkorligida tog‘-kon sanoati uchun zarur bo‘lgan sakkiz turdagi kimyoviy mahsulotni o‘zlashtirish nazarda tutilgan.

Shu maqsadda “O‘zkimyosanoat” AJ mutaxassislari “Olmaliq KMK” AJga xizmat safari uyushtirib, kimyoviy mahsulotlarni laboratoriya va ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llash amaliyoti bilan yaqindan tanishdilar.Xususan, Mahalliylashtirish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va importni maqbullashtirish bo‘limi boshlig‘i A. Salomov hamda Innovatsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘limi boshlig‘i O. Imomovlar “Olmaliq KMK” AJ markaziy laboratoriyasi mutaxassislari bilan tiomochevina hamda vanadiy katalizatorlarini tahlil qilish usullari bo‘yicha tajriba almashdilar.

Bu kabi amaliy ishlar kelgusida mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun zarur bo‘lgan kimyoviy mahsulotlarni mamlakatimizda o‘zlashtirish va ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga imkon beradi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati