"O'zkimyosanoat" AJ

2024-yilda mineral oʻgʻitlar respublikaning 124 ta tumanida jami 275 ta vakolatli omborlar orqali yetkazib berildi

// 13 January 2025 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/2024-yilda-mineral-o-g-itlar-respublikaning-124-ta-tumanida-

Qishloq xoʻjaligida hosildorlikni ortishi mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlanganlik darajasi bilan ham belgilanadi. “Oʻzkimyosanoat” AJ 2024-yilda mazkur masalaga jiddiy eʼtibor qaratdi. Tahlillarni aniq raqamlar misolida davom ettiramiz. Oʻtgan yil yakunlari boʻyicha respublika isteʼmolchilariga birja savdolari orqali fizik holda jami 792,43 ming tonna mineral oʻgʻitlar sotilgan boʻlib, shundan azotli – 649,18 ming tonna, fosforli – 79,37 ming tonna va kaliyli – 63,88 ming tonnani tashkil etdi.

Jumladan, 2024-yil gʻalla va paxta hosili uchun qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan jami 4,2 trln soʻmlik, sof holda 415,4 ming tonna azotli, 36,4 ming tonna fosforli va 18,5 ming tonna kaliyli oʻgʻitlar hamda 2025-yil kuzgi boshoqli don ekish bilan birga 39,0 ming tonna fosforli va 10,2 ming tonna kaliyli oʻgʻitlar xarid qilindi.

Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga muvofiq fermer xoʻjaliklariga qulayliklar yaratish, mineral oʻgʻitlarning sotilishini jadallashtirish maqsadida kimyo korxonalari tomonidan mamlakatimizning 124 ta tumanida jami 275 ta  vakolatli omborlar tashkil qilindi. Mineral oʻgʻitlar 1,7 mln tonna sigʻimga ega ushbu omborlardan birja savdolariga qoʻyib borildi.

Shu bilan birga 2024-yildan boshlab joylardagi omborlardan klaster va fermerlarga mineral oʻgʻitni tashishda transportni logistika portalida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibi bekor qilindi.

Yana bir muhim jihat - 2024-yil 27-fevraldan boshlab, mineral oʻgʻitlarni birja savdolariga boshlangʻich narxlaridan oʻrtacha 10% gacha pasaytirib xarid qilish auksion tartibida savdoga qoʻyish mexanizmi joriy etildi.

Masalan, “Maxam-Chirchiq” AJning ammiakli selitra mineral oʻgʻitini 10 foizga, karbamid narxini 3 foizgacha, ammoniy sulfat oʻgʻitini 4 foizga 2120 ming soʻmdan 2035 ming soʻmgacha, “Navoiyazot” AJning ammiakli selitrasini 10 foizgacha, Ammofos-Maxam” AJning ammofos oʻgʻitini 10 foizgacha pasaytirilgan narxlarda xarid qilishning imkoniyati yaratildi.

Shuni ham alohida taʼkidlash kerakki, 2025-yil 1-yanvar holatiga kimyo korxonalarining texnologik hamda yurtimiz tumanlarida tashkil qilingan omborlarida jami sof holda 392,8 ming tonna azotli, 34,3 ming tonna fosforli va 76,2 ming tonna kaliyli oʻgʻitlar zahirasi yaratib qoʻyildi.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati