2018 yilning yanvar-iyul oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 3,3 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 101,6%ni tashkil qildi.
Sof holda 975,52 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 708.38 ming tonna azotli, 116,24 ming tonna fosforli va 150,9 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.