2015 yilning yanvar-iyul oylarida“O'zkimyosanoat” korxonalarida 1262,7 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, 2014 yilning shu davriga nisbatan o'sish sur'ati 103,6% tashkil qildi. Ayni paytda 130,8 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi va o'tgan yilning ayni davriga nisbatan o'sish sur'ati 132,8%.
Sof holda 747,1 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 585,8 ming tonna azotli o'g'itlar, 75,6 ming tonna fosforli o'g'itlar va 85,8 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.