Davlat dasturi loyihasining BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TAʼMINLASH yoʻnalishi boʻyicha koʻzda tutilayotgan muhim choralar
// 17 January 2025 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news-uzbekistan/davlat-dasturi-loyihasining-barqaror-iqtisodiy-o-sish-orqali

2025-yilgi Davlat dasturi loyihasining BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TAʼMINLASH yoʻnalishi boʻyicha koʻzda tutilayotgan muhim choralar:
2025-yil 1-apreldan boshlab chiqindilar utilizatsiyasi hisobiga hamda shamol va quyosh manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun “yashil tarif”lar joriy etilishi belgilanmoqda. Bunda:
- tadbirkorlik subyektlari tomonidan chiqindi va biogaz utilizatsiyasi orqali ishlab chiqariladigan hamda tashkilotlarning oʻz hududlarida oʻrnatgan shamol va quyosh elektr qurilmalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi;
- aholining quyoshdan olingan va foydalanishda oʻz ehtiyojidan orttirib, davlatga sotadigan elektr energiyasi uchun imtiyozli tariflar belgilanadi.
Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)

Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting! (https://uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama)