Yomon so‘z va achchiq til haqida maqollar
Donning achchig‘i yaxshi, So‘zning — shirini. | Do‘st orttiraman desang, Shirin suhbat qil. |
Yomon gap — bosh qozig‘i, Yaxshi gap — jon ozig‘i. | Ovqatni tuz mazali qilar, Odamni — so‘z. |
Iliq so‘z — shakar, Sovuq so‘z — zahar. | Puling bo‘lmasa, bo‘lmasin, Shirin so‘zing bo‘lsin. |
So‘zning boyligi — odamning chiroyligi. | Shirin so‘z shakardan shirin. |
Har kim o‘z till bilan tirik. | Hikmat — bir hovuch oltin. |
Bir tavakkal buzadi, Ming qayg‘uning qal’asin. Bir shirin so‘z bitkazar, Ming ko‘ngilning yarasin. | Ko‘zdan ko‘zing toysa, So‘zdan ko‘ngling toyar. |
Til haqida hikmatli so‘zlar
O‘zbek xalqining milliy maqollari juda ko‘p, ularning til va unga yaqin bo‘lgan mavzulardagi maqollaridan namunalar
Bir yaxshi gap esdan chiqmas, Bir — yomon gap. | Birovning o‘zi g‘ar, Birovning so‘zi g‘ar. |
Bug‘doy noning bo‘lmasin, Bug‘doy so‘zing bo‘lsin. | Gapda g‘iybat yomon, Dardda — quyanchiq. |
Gapdan gap chiqar, Cho‘pdan — xas. | Gapi gapga o‘xshamas, Og‘zi gapdan bo‘shamas. |
Gap egasini topar. | Gapning yomoni pichir. |
Gapning ozi yaxshi, Qizning — nozi. | Gapning qisqasi yaxshi, Qisqasidan hissasi yaxshi. |
Yomon gap yer tagida uch yil yotar. | Yomon til yo jonga urar, |
Odam — so‘zlashguncha, Yilqi — kishnashguncha. | So‘z chumchuq emas, Og‘izdan chiqsa, tutib bo‘lmas. |
Til bor, bol keltirar, Til bor, balo keltirar. | Gapni gap ochar, Yomon gapdan qochar. |
Yomonning tili bor, Yaxshining — dili. | Yomonning yuzi qursin, Gapirgan so‘zi qursin. |
Ko‘ngilsiz gapning kechikkani yaxshi. | Yomon so‘zning qanoti bor. |
Qo‘yning qimmati — yungida, Odamning qimmati — so‘zida. | Yomonning yaxshi so‘zidan, Yaxshining yomon so‘zi yaxshi. |
Dushman orttiraman desang, Chaqirtikan bo‘l. | Yomon so‘z bo‘lmasa, Yaxshi so‘z bo‘lmaydi. |
Yomon til boshga balo keltirar, Yaxshi til davlat, dunyo keltirar. | Issiq kiyim tanni ilitar, Issiq so‘z jonni ilitar. |
Dunyoni yel buzar, Odamni — so‘z. | Ovni — oziq bilan, Odamni — so‘z bilan. |
Yaxshi-yomon so‘z va gaplar haqida maqol
Til — dil jarchisi.
Til — aql bezagi.
Til — aql tarozisi.
Suydirgan ham til, Kuydirgan ham til. | So‘z kaltada, Un xaltada. |
Suyaksiz til suyak sindirar. | |
So‘z ko‘rki — maqol. | So‘z ojizi bo‘lguncha, |
So‘z emgak bo‘lar, Bo‘z — ko‘ylak. | So‘zda qanquv yomon, Dardda — sanchuv. |
So‘zdan so‘zning farqi bor, O‘ttiz ikki narxi bor. | So‘zdan so‘z chiqar, So‘zlamasang na chiqar. |
So‘zlagandan so‘zlamagan yaxshiroq, So‘zlab edim, boshimga tegdi tayoq. | So‘zning yomoni — sanchiq, Dardning yomoni — quyonchiq. |
So‘zning onasi — quloq, Suvning onasi — buloq. | Tayog‘i yo‘g‘on birni urar, So‘zi yo‘g‘on mingni urar. |
Til — dil kaliti. | |
So‘z oyoqdan ilgari borar. | So‘zi nodurustning o‘zi nodurust. |
So‘zni bir ezmadan so‘ra, Bir — kezmadan. | Tanballik — kulfat, Mahmadanalik — ofat. |
Taom lazzati o‘zida. Odam lazzati — so‘zida. | Til yugurigi — boshga, Oyoq yugurigi — oshga. |
Til yaxshisi bor etar, Til yomoni xor etar. | Tilingda bo‘lsa boling, Kulib turar iqboling. |
El bor yerda so‘z bor. | Uzun til — umr zavoli. |
Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz. | Tilga e’tibor — elga e’tibor. |
Tig‘ jarohati bitar, Til jarohati bitmas. | Tilni bog‘la dil bilan, Dilni bog‘la til bilan. |
Tuzsiz oshning epi oson, Tuzsiz gapning epi qiyin. | Uzun til — boshga to‘qmoq, Bo‘yinga — sirtmoq. |
Chin so‘z — mo‘tabar, Yaxshi so‘z — muxtasar. | Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar. |
Toza suvni yer olar, Yaxshi so‘zni el olar. | Shirin so‘z — qaymoqli ayron, Achchiq so‘z — bo‘yniga arqon. |
Til tig‘i qilich tig‘idan o‘tkir. | Fil ko‘tarmaganni til ko‘tarar. |
Til — dil tarjimoni. |
Maqollar: til haqida
O‘z aqling aqldir, Elning aqli naqldir. | Yaxshi gapga quloq sol, Yomon gapga uloq sol. |
Yaxshi og‘izga — osh, Yomon og‘izga — tosh. | Yaxshi so‘z bo‘ldiradi, Yomon so‘z kuydiradi. |
Quloqdan kirgan sovuq so‘z Ko‘ngilga borib muz bo‘lar. | Qizil tilim bo‘lmasa, qishlar edim elimda. Yashil tilim bo‘lmasa, yayrar edim elimda. |
O‘tarchining nashtari yeng ichida, Zahar xotin nashtari til uchida. | Qizil tilim tiyolmadim, Qizimnikiga borolmadim. |