"O'zkimyosanoat" AJ

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida

https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/manaviyat/ajdodlarga-ehtirom/zahiriddin-muhammad-bobur

Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi. Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon shahrida (1483-yil 14-fevral) tug‘ildi. Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg‘ona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503-1504 yillarda Afg‘onistonni egalladi. 1519-1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526-1858 yillar). Boburiylar saltanatiga asos soldi 1530-yilning dekabr oyida Agra shahrida vafot yetdi. Qabri keyinchalik vasiyatiga ko‘ra Qobulga ko‘chirilgan. Lirik merosi “Qobul devoni” (1519)ga, 1528-29 yillarda “Hind devoni”ga jamlangan.

To‘liq devon tuzgani haqida ma’lumot bor. She’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g‘azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan. She’rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta’limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur she’riyati intellektual qalb izhori sifatida ardoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir. Boburning ulug‘ asari “Boburnoma” bo‘lib, uni “Vaqoye” deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494-1529 yillar Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon yetilgan. “Boburnoma”ning o‘ndan ortiq qo‘lyozma nusxalari bor. Asarni Qozonda N.I. Ilminskiy (1857), Londonda Beverij xonim nashr (1905) yetgan. O‘zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928-yilda asardan parchalar ye’lon qildi. “Boburnoma”ning 1948-1949 yillarda ikki jildli; 1960, 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda tӯldirilgan qayta nashri amalga oshirildi. “Boburnoma”ni Abdurahim xoni xonon (1586) fors tiliga, Vitsen (1705) golland tiliga, J.Leyden (1826) va V.Erskin ingliz tiliga, Pavel de Kurteyl (1871) fransuz tiliga, Rashit Rahmati Arat (1940) turkchaga, Mixail Sale (1943) ruschaga tarjima qilganlar. 1826-1985 yillar davomida “Boburnoma” 4 marta ingliz (1826,1905,1921,1922), 3 marta fransuz (187, 1980, 1985), 1 marta nemis (1878) tiliga o‘girilgan.

Bobur yangi alifbo – “Xatti Boburiy”ni (1504) kashf qildi. Unda she’rlar yozdi va Qur’on ko‘chirtirdi. Boburning soliq ishlari haqida ma’lumot beruvchi “Mubayyinul-zakot” (1521), aruz vazni haqidagi “Risolai aruz” (1523-25) kabi asarlari bor. “Aruz risolasi”da turkiy aruzning tabiati, taraqqiyoti va she’riy asarlardagi ko‘rinishlari; aruzning 272 vazni va 21 bahriga ilmiy sharhlar berilgan. Xoja Ahror Valiyning “Volidiya” asarini o‘zbekchaga she’riy tarjima qilgan. Boburning “Harb ishi”, “Musiqa ilmi” nomli asarlar yaratgani haqida ham ma’lumot bor. Ammo, ular topilgan emas.

G‘AZALLAR

Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘,

Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘.

Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq,

Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘!  

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma,

Kelmadi jonimg‘a hech oromi jondin yaxshilig‘.  

Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p,

Emdi ko‘z tutmoq ne ma’ni har yamondin yaxshilig‘?  

Bori elga yaxshilig‘ qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘q

Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig!  

Yaxshilig‘ ahli jahonda istama Bobur kibi,

Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘?

********************************************

Mening ko‘nglumki, gulning g‘unchasidek tah-batah qondur,

Agar yuz ming bahor o‘lsa, ochilmog‘i ne imkondur.

Agar ul qoshi yosiz bog‘ gashtin orzu qilsam,

Ko‘zumga o‘qdurur sarvu ko‘ngulga g‘uncha paykondur.

Bahoru bog‘ sayrin ne qilaykim, dilistonimning,

Yuzi gul, zulfi sunbul, qomati sarvi xiromondur.

Visoli lazzatidin zavq topmog‘liq erur dushvor,

Firoqi shiddatinda yo‘qsa jon bermaklik osondur.

Boshidin evrulur armoni birla o‘ldum, ey Bobur,

Mening na’shimni bori ul pari ko‘yidin aylondur.

******************************************

Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,

Ko‘nglimdin o‘zga mahrami asror topmadim.

Jonimdek o‘zga jonni dilafgor ko‘rmadim,

Ko‘nglim kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.  

Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,

Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.  

Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,

Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.  

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,

Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.  

 Bobur, o‘zingni o‘rgata ko‘r, yorsizki, men,

 Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim.

RUBOIYLAR

Har kimki vafo qilsa vafo topgusidur,

Har kimki jafo qilsa jafo topgusidur,

Yahshi kishi yomonlig‘ kӯrmagay hargiz,

Ha kimki yomon bӯlsa jazo topgusidur!

* * * * *

Taqdir yuki boshimga balolig‘ bӯldi,

Har neniki ayladim hatolig‘ bӯldi,

O‘z yurtni qӯyib Hind sori yuzlandim,

Yo Rab netayin, bu ne yuz qarolig‘ bӯldi.

******

Jondin seni kӯp sevarmen, ey umri aziz,

Sondin seni kӯp sevarmen, ey umri aziz,

Har neniki sevmak ondin ortiq ӯlmaz,

Ondin seni kӯp sevarmen, ey umri aziz.