"O'zkimyosanoat" AJ

2022-yil yanvar-dekabr oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yuzasidan olib borilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot

https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/interactive/appeals-analysis/report-202212

2022-yil yanvar-dekabr oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparatiga tushgan jami murojaatlar soni 528 tani tashkil etib, 129 tasi yuridik shaxslardan, 399 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 84 tasi qanoatlantirilgan, 429 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan, 15 tasi koʻrib chiqilmoqda.

Murojaatlarning 195 tasi ishga kirish, 58 tasi mineral oʻgʻitlar eksporti, 47 tasi homiylik yordami koʻrsatish, 45 tasi qonun va tartib buzilishlari, 30 tasi mineral oʻgʻitlar sotib olish, 21 tasi hamkorlik qilish, 20 tasi ish haqini oshirish, 15 tasi debitor va kreditor qarzdorlik, 5 tasi konvertatsiya, 1 tasi imtiyozli nafaqaga chiqish, 91 tasi boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 2022-yil davomida “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 226 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 35 tasi qanoatlantirilgan, 183 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan, 5 tasi rad etilgan, 8 tasi koʻrib chiqilmoqda. Murojaatlarning aksariyati Navoiy, Qashqadaryo, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida yashovchi fuqarolarga toʻgʻri keladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari orqali 2022-yil davomida “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 6 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 2 tasi ijobiy hal qilingan, 4 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi orqali 2022-yil yanvar-dekabr oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 87 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning aksariyati yuridik shaxslarga tegishli boʻlib, ularning 35 tasi mineral oʻgʻitlar eksporti, 16 tasi mineral oʻgʻit sotib olish yuzasidan, 13 tasi ishga joylashish, 12 tasi tijorat takliflari, 11 tasi boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.

Hisobot davrida boshqaruv raisi tomonidan “Maxam-Chirchiq” AJda va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda, boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari tomonidan “Navoiyazot” AJda va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda, boshqaruv raisining iqtisod va moliya boʻyicha oʻrinbosari tomonidan “Navoiyazot”, “Ammafos-Maxam” va “Fargʻonaazot” AJlarda hamda boshqaruv raisining investitsiya va innovatsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan “Navoiyazot” AJda Sayyor qabullar oʻtkazilgan. Sayyor qabular davomida 33 nafar fuqaro qabul qilingan.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari jamiyatning ijro apparatida koʻrib chiqilgan hamda qonunda belgilangan muddatlarda murojaat mualliflariga javob berilgan.