"O'zkimyosanoat" AJ

"O'zkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasini qisman o'zgartirish to'g'risida

https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/documents/cabinets/uzkimyosanoat-davlat-akciyadorlik-kompaniyasi-tashkiliy-tuzilmasini-qisman-uzgartirish-tugrisida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 31.03.2004 y.154

Respublika kimyo sanoati korxonalarida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, yuqori sifatli, raqobatbardor mineral o'g'itlar va o'simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. "Elektrokimyozavod" aksiyadorlik jamiyati qo'shma korxonasi "O'zkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga kiruvchi korxonalar tarkibiga kiritilsin.

2. "O'zkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasiga ilovaga muvofiq o'zgartirishlar kiritilsin.

3. Vazirlar Mahkamasining "Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xo'jaligiga agrokimyo xizmati ko'rsatishni yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida" 2004 yil 23 yanvardagi 33-son qaroriga 1-ilova o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari O'.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.

 

I.Karimov

Vazirlar Mahkamasining Raisi

 


Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 31 martdagi 154-son qaroriga ILOVA