"O'zkimyosanoat" AJ

Davlat ulushi bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to'g'risida

https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/documents/cabinets/davlat-ulushi-bulgan-akciyadorlik-zhamiyatlari-va-boshqa-huzhalik-yurituvchi-subektlar-faoliyati-samaradorligini-baholash-mezonlarini-zhoriy-etish-tugrisida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.07.2015 yildagi 207-son.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aksiyadorlikdorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida» 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Davlat ulushi bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari to'g'risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda, davlat ulushi bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni boshqarish organlari tomonidan ushbu masalaning ko'rib chiqilishini tashkil etgan holda, faoliyat samaradorligini baholash mezonlari joriy etilishini ta'minlasin.

3. Xo'jalik boshqaruvi organlariga o'zlari muassislari (aksiyadorlari, qatnashchilari) bo'lgan tashkilotlarda faoliyat samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish tavsiya qilinsin.

4. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq davlat korxonalarida, shuningdek xo'jalik boshqaruvi organlari muassisi hisoblanadigan unitar korxonalarda muassis tomonidan tashkilotning keyingi yil uchun biznes-rejasi har yili 1 dekabrgacha tasdiqlanadi va uning bajarilishi to'g'risida tashkilotning ijro etuvchi organi hisoboti har chorakda eshitib boriladi.

5. O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi davlat va xo'jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda:

6. Ushbu qaror 2016 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Sh. MIRZIYoeV
O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri
Toshkent sh., 2015 yil 28 iyul, 207-son.


Hujjatning to'liq matnini ko'chirib olish.

Hujjatning Lex.uz tizimnidagi ko'rinishi.