"O'zkimyosanoat" AJ

Jamiyat tomonidan o'zining aksiyalarini sotib olinishi to'g'risidagi ma'lumotlar

https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/corporate/stockholders/acquisition

Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 40-moddasiga asosan joylashtirilgan aksiyalarni sotib olish quyidagi hollarda amalga oshiriladi.

Ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar:

jamiyatning ustaviga ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlarning huquqlarini cheklovchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash to‘g‘risida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qarorlar qabul qilishda, agar ular qarshi ovoz bergan bo‘lsa yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan bo‘lsa, o‘zlariga tegishli aksiyalarning hammasi yoki bir qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir.

O‘zlariga tegishli aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning ro‘yxati ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar kun tartibiga kiritilgan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan jamiyat aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi.

Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olish ushbu aksiyalarning bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi, bu qiymat jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan harakati natijasida qiymatning o‘zgarishi hisobga olinmagan holda aniqlanadi.

Aksiyadorlarning oʻzlariga tegishli aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqini amalga oshirish tartibi Qonunning 41-moddasida belgilangan.

Bugungi kunga qadar jamiyat o‘z aksiyalarini sotib olmagan.