“OʻZKIMYOSANOAT” AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi 2026-yil 3-iyun kuni soat 15:00 da Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy (“Oʻzkimyosanoat” AJ maʼmuriy binosi)da oʻtkaziladi.
Umumiy yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish 2026-yil 3-iyun kuni soat 14:00 da boshlanib, soat 15:00 gacha davom etadi.
KUN TARTIBI:
1. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
3. “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining 2025-yil yakunlari boʻyicha biznes-reja koʻrsatkichlarining bajarilishi, shuningdek, jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini koʻrib chiqish.
4. “Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashining 2025-yil yakunlari boʻyicha hisobotini koʻrib chiqish.
5. “Oʻzkimyosanoat” AJning 2025-yil moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan auditorlik xulosasini koʻrib chiqish.
6. “Oʻzkimyosanoat” AJning 2025-yil uchun yillik hisobotini koʻrib chiqish.
7. “Oʻzkimyosanoat” AJning 2025-yil yakuni boʻyicha olingan sof foydasini taqsimlash, dividend miqdori, uni toʻlash shakli va tartibini belgilash.
8. “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi aʼzolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish.
8. “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi aʼzolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish.
9. “Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi aʼzosi E. Mavlyudovning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.
10. “Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi aʼzosini saylash.
Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2026-yil 12-may holatiga hamda umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar reyestri 2026-yil 28-may holatiga shakllantiriladi.
Umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlar oʻzi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari soʻraladi.
Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan tanishish uchun quyidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 38-uy, telefon: +(99878) 140-74-97, 140-74-98. E-mail: info@uks.uz
“Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi
12.05.2026