"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2024-yil 3-oktabr kuni oʻtkaziladi

https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/corporate/calendar/meeting-20241003

 “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2024-yil 3-oktabr kuni soat 12:00 da masofadan turib axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron ovoz berish “eVote” platformasi orqali oʻtkaziladi.

KUN TARTIBI:

1. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.

3. “Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi a’zolarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.

4. “Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.

Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi: 2024-yil 9-sentabr holatiga.

Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar roʻyxati 2024-yil 27-sentabr holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestriga asosan tuziladi.

Umumiy yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz/) foydalangan holda, 2024-yil 3-oktabr kuni soat 11:00 da boshlanib, soat 12:00 gacha davom etadi.

Umumiy yigʻilishda ishtirok etish va ovoz berish tartibi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan e-Vote elektron ovoz berish xizmatidan foydalanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Umumiy yigʻilishda shaxsan ishtirok etish uchun aksiyadorlar oʻzi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari soʻraladi.

Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan tanishish uchun quyidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy, telefon: +(99878) 140-74-97, 140-74-98. E-mail: info@uks.uz

“Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi