"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi 2024-yil 28-iyun kuni oʻtkaziladi

https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/corporate/calendar/meeting-20240628

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi 2024-yil 28-iyun kuni soat 17:00 da Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy manzilida joylashgan jamiyatning maʼmuriy binosida oʻtkaziladi.

KUN TARTIBI:

1. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.

3. “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining 2023-yil yakunlari boʻyicha biznes-reja koʻrsatkichlarining bajarilishi, shuningdek, jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini koʻrib chiqish.

4. “Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashining 2023-yil yakunlari boʻyicha hisobotini koʻrib chiqish.

5. 2023-yil yakunlari boʻyicha jamiyatda oʻtkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini koʻrib chiqish.

6. “Oʻzkimyosanoat” AJning 2022-yil 31-dekabrda yakunlangan yillik moliyaviy hisobotlarni Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga muvofiq (MHXS) auditi boʻyicha auditorlik xulosasini koʻrib chiqish.

7. “Oʻzkimyosanoat” AJning 2023-yil moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan auditorlik xulosasini koʻrib chiqish.

8. “Oʻzkimyosanoat” AJning 2023-yil uchun yillik hisobotini koʻrib chiqish.

9. “Oʻzkimyosanoat” AJning 2023-yil yakuni boʻyicha olingan sof foydasini taqsimlash, dividend miqdori, uni toʻlash shakli va tartibini belgilash.

10. “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi aʼzolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish.

11. “Oʻzkimyosanoat” AJning affillangan shaxs bilan kelgusida jamiyat tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni ma’qullash.

Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar roʻyxati 2024-yil 24-iyun holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestriga asosan tuziladi.

Umumiy yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish 2024-yil 28-iyun kuni soat 16:00 da boshlanib, soat 17:00 gacha davom etadi.

Umumiy yigʻilishda qatnashish uchun aksiyadorlar oʻzi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari soʻraladi.

Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan tanishish uchun quyidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy, telefon: +(99878) 140-74-97, 140-74-98.

“Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi