"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida xabarnoma

https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/corporate/announcement/uzkimyosanoat-aksiyadorlik-jamiyati-ustav-fondini-kamaytirish-to-g-risida-xabarnoma

KREDITORLAR DIQQATIGA!

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinda – Jamiyat) O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (keyingi o‘rinda – Qonun) 20-moddasiga muvofiq Sizga quyidagilarni ma’lum qiladi.

Jamiyat aksiyadorlarining 2024-yil 5-sentabrdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida jamiyat aksiyadori – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli umumiy nominal qiymati 25 439 825 260 so‘m bo‘lgan 22 218 188 dona egasining nomi yozilgan hujjatsiz oddiy aksiyalarni qisqartirish (bekor qilish) yo‘li bilan jamiyatning ustav fondini 3 352 228 756 080 so‘mdan 3 326 788 930 820 so‘mga kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Qonun talablariga muvofiq kreditorlar o‘zlariga xabarnoma yuborilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay jamiyatdan o‘z majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishini va ustav fondi kamaytirilishi bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplashini talab qilishga haqli.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun:

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Navoiy ko‘chasi, 38-uy.

Telefon: (+99878)140-74-20, 140-74-41, 140-74-70.

E-mail: info@uzkimyosanoat.uz

STIR: 200 621 367.