"O'zkimyosanoat" AJ

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Ustav fondini kamaytirish to‘g‘risida xabarnoma

https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/corporate/announcement/reduction

O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 20-moddasiga muvofiq Sizga quyidagilarni ma’lum qilamiz.

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati yagona aksiyadorlarining 2021-yil 20-dekabrdagi 8-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli umumiy nominal qiymati 8 730 600 955 so‘m bo‘lgan 7 624 979 dona egasining nomi yozilgan hujjatsiz oddiy aksiyalarni bekor qilish yo‘li bilan jamiyatning ustav fondi 913 074 237 605 (to‘qqiz yuz o‘n uch milliard yetmish to‘rt million ikki yuz o‘ttiz yetti ming olti yuz besh) so‘m miqdoridan 904 343 636 650 (to‘qqiz yuz to‘rt milliard uch yuz qirq uch million olti yuz o‘ttiz olti ming olti yuz ellik) so‘m miqdorgacha kamaytirildi.

Kreditorlar o‘zlariga bildirish yuborilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay jamiyatdan o‘z majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishini va ustav fondi kamaytirilishi bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplashini talab qilishga haqli.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun:

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 38-uy.

Telefon: (+99878)140-74-08, (+99878)140-74-70

E-mail: info@uzkimyosanoat.uz.

INN: 200 621 367.