"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida 2025-yilning 1-choragida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot

https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/anticorruption/report/o-zkimyosanoat-aj-va-tarmoq-korxonalarida-2025-yilning-1-choragida-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-amalga-oshirilgan-ishlar-yuzasidan-ma-lumot

“Oʻzkimyosanoat” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens boshqarmasi va tarmoq korxonalari Komplayens xizmatlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 2025-yilning oʻtgan 3 oyi davomida belgilangan vazifalar doirasida tegishli tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, hisobot davrida komplayens nazorat va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparati, “Navoiazot”, “Dehqonobod kaliy zavodi”, “Maksam-Chirchiq”, “Ammofos-Maksam”, “Oʻzkimyosanoatloyiha” AJlari hamda “Qizilqum fosforit kompleksi”, “Oʻzkimyoimpeks” MCHJlarida amalga oshirildi.
Shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi, dastur doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi, Jamiyatga yangi ishga qabul qilingan xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashishga oid oʻqitish rejasi shuningdek, korrupsion xavf yuqori boʻlgan lavozimda ishlovchi xodimlarni oʻqitish dasturi hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashga oid yoʻl xaritalari ishlab chiqilib tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvar kuni qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “E-Antikor.uz” elektron platformasiga “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida hisobot yilining oʻtgan 3 oyi davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlarga oid maʼlumotlar 5 ta yoʻnalishda 29 ta maxsus indikatorlar asosida platformaga biriktirildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2022-yil 14-iyundagi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Jamiyat va uning tizim korxonalaridagi Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan 19 turdagi ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar tashkilotning rasmiy veb saytlariga joylashtirib borilishi taʼminlandi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Jamiyatning jami 58 ta funksiyalardagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholashdan oʻtkazilib, “E-Antikor.uz” elektron platformasiga joylashtirildi. Jamiyat faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi tasdiqlangan holda jamoatchilikka ochiq eʼlon qilindi. 
Baholash natijalariga koʻra korrupsion xavf yuqori deb topilgan funksiyalardagi xavf-xatarlarni kamaytirishga oid “Oʻzkimyosanoat” AJ, uning tarkibiy va xududiy tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi tasdiqlanib, unda belgilangan tadbirlar boʻyicha ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyunda qabul qilingan “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunining mohiyati va ahamiyatini Jamiyat boshqaruv xodimlariga tushuntirish yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan xamkorlikda seminar tashkil etildi.
Bundan tashqari, “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qabul qilingan “Oʻzkimyosanoat” AJda 
16 ta, “Navoiyazot” AJda 29 ta, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda 9 ta, “Maxam-Chirchiq” AJda 15 ta, “Ammofos-Maxam” AJda 11 ta hamda “Oʻzkimyoimpeks” MCHJda 11 ta ichki idoraviy hujjatlar korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilib, jami aniqlangan 18 ta holatdagi korrupsion omillarni bartaraf etish choralari koʻrildi.
Hisobot davrida “Oʻzkimyosanoat” AJ va tizim korxonalarida rastrata, oʻgʻirlik, kamomad, korrupsion va boshqa qonunbuzilishlar boʻyicha jami 15 ta holat aniqlandi. Ular boʻyicha tegishli tartibda oʻrganishlar oʻtkazilib, rasmiylashtirish choralari koʻrilmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari tomonidan oʻtkazilgan tender tanlovlari va tuzilgan shartnomalarning qonuniyligi hamda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining mavjudligi boʻyicha jami 562 ta holatda kontragentlar boʻyicha tekshiruv oʻtkazildi. Oʻrganish natijasiga koʻra 3 ta holatda tender tanlovlari va tuzilgan shartnomalar bekor qilinib, katta miqdorda pul mablagʻlarining noqonuniy sarflanishi oldi olindi.
Jamiyat va uning tarmoq korxonalarida tashkil etilgan “Odob-ahloq” komissiyalari tomonidan tizim xodimlarining odob-ahloq normalariga amal qilish xolatlari yuzasidan jami 41 ta ishlar koʻrib chiqilib, komissiya xulosasiga koʻra 3 ta xodim intizomiy javobgarlikka tortilib, 18 ta xodimlar boshqa lavozimlarga rotatsiya qilindi.
Hisobot davrida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Jamiyat va uning tarmoq korxonalariga (ogʻzaki, yozma va ishonch telefoni orqali) korrupsion va boshqa qonun buzilish holatlari yuzasidan jami 11 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 10 tasi yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazildi. Uning natijalariga koʻra 1 ta holatda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, 7 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan, 140  million soʻm zarar yetkazilganligi aniqlanib, shundan 70 million soʻmi jamiyat hisobiga undirilishi taʼminlandi.
Shuningdek, monitoring tadbirlari davomida mineral oʻgʻitlarning toʻgʻri va sifatli saqlanayotganligi, tuzilgan shartnomalarning qonuniyligi, isteʼmolchilarga yetkazib berish tartibiga rioya qilinishi holatlari oʻrganilib, kelgusida korxona mulki talon-taroj qilinishining oldini olish yuzasidan tegishli choralar koʻrildi.