Матн ранги:
A
A
A

Oddiy ko'rinish

“Yosh kimyogarlar tanlovi-2022” – Respublika kimyo olimpiadasi start oldi!!!

// 27 May 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.51 MB)

Ochilish marosimida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov kirish so'zi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilarga va hamkor tashkilotlarga o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar. D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti prorektori I.Yeromin ishtirokchilarga omad va zafarlar tilab, o'quvchilarni Rossiya OTMlariga taklif qildi. "Uzkimyosanoat AJ" boshqarma boshlig'i A.Aripov o'quvchilarni ko'proq va yaxshiroq bilim olishlari, ularni kelajakda buyuk kelajak kutayotganligi va ishlab chiqarish korxonalari ularni "kutib turganliklari" haqida to'xtalib o'tdi.

"Noorganik, analitik, fizikaviy va kollodi kimyo kafedrasi" kafedrasi mudiri texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent A.A.Nabiyev ishtirokchilarga olimpiada tartib qoidalari, masala va test yechish uchun ajratilgan vaqt haqida batafsil to'xtalib o'tdi.