Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Xushxabar - “Oʻzkimyosanoat” AJning o'z tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati yuqori baholandi!

// 29 March 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (447.94 KB)

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qilingan ishlarning qay darajada samarali amalga oshirilganligini reyting baholash natijalari e'lon qilindi.

Ahamiyatlisi, “O'zkimyosanoat” AJ tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilgan sa'y-harakatlar yuqori baholandi va Jamiyat 90 ball bilan “yaxshi” natijani qoʻlga kiritdi. 

“Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida birinchi rahbarlarning irodasi namoyon qilinib, xodimlar va keng jamoatchilik bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda tizimli muloqot yoʻlga qoʻyilgan” deyiladi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabarida. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ korrupsiyaga qarshi kurashishda tizimli ishlarini jadal davom ettiradi!

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati