Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Qalbga yaqin satrlar” ko'rik-tanlovi tashkil etildi

// 29 March 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (731.3 KB)

Kuni-kecha "Kimyogarlar" madaniyat saroyida jamiyat ishchi-xodimlarining  ijodiy iste’dodlarini oshirish hamda yuzaga chiqarish maqsadida “Qalbga yaqin satrlar” qo'shiqchilik ko'rik-tanlovi tashkil etildi.

Tadbirda korxonaning 9 nafar xodimlari va yoshlari ishtirok etishdi va yakunda:

 1-o'rinni Markazlashtirilgan elektr uskunalarini ta'mirlash sexi xodimlari - D.Matchanov hamda G.Shermatova;
 2-o'rinni Harbiylashtirilgan qo'riqlash bo'limi xodimi - J.Jumabayev;
 3-o'rin 1-Tozalash sexi xodimlari - D.Baxtiyarova va Sh.Yuldasheva dueti egalladi.


 
Tadbir so'nggida g'olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

“Maxam-Chirchiq” Matbuot xizmati