Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Navoiyazot” AJ mutaxassislari korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Xitoyda bo'lishdi

// 07 February 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (603.61 KB)

Ma’lumki, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Xususan, kimyo sanoati rivojida ham bunday manfaatli munosabatlarning o‘rni beqiyos. Xitoyning Urumchi shahrida o‘tkazilgan hududlararo forumda ishtirok etgan “Navoiyazot”AJ mutaxassislari ikki mamlakat vakillarining kelajakdagi istiqbolli loyiha hamda tashabbuslariga guvoh bo‘lishdi. 

Investitsion forum doirasida soha vakillari Xitoydagi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Shanxay shahrida ham bo‘lishdi. Tajribali investorlar bilan o‘tkazilgan muzokaralarda kimyo sanoatidagi hamkorlik samaradorligi va galdagi rejalar haqida so‘z bordi. Ma’lumot o‘rnida aytish lozim, “Navoiyazot”AJ da barpo etilgan PVX, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi aynan Xitoy bilan xalqaro hamkorlikning mahsuli hisoblanadi.

2026-yilga qadar ushbu majmuaning 2-navbatini barpo etish rejalashtirilgan. Bu esa ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi. “Navoiyazot”AJ mutasaddilarining Xitoyga bo‘lgan xizmat safari taassurotlari yangi tashabbus va loyihalar uchun poydevor bo‘lsa ajabmas.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI