Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Mineral oʻgʻitlar Birja savdolaridagi lotlarining yakuniy narxlari boʻyicha kelib chiqqan tushunmovchilik yuzasidan tushuntirish!

// 25 January 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (47.46 KB)

Hurmatli fermerlar va xaridorlar! 

“Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ tomonidan “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida birja savdolarini oʻtkazish Qoidalari” (“OʻzRTXB” AJ Kuzatuv Kengashining 2023-yil 16-oktyabrdagi bayoniga muvofiq birja savdolarini oʻtkazish tartibiga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlib,  2023- yilning oktabr oyidan savdolarni pasayish tomon auksion turida oʻtkazish ham  yoʻlga qoʻyilgan.

UzEx.uz saytida Birja savdolariga qoʻyilgan ammofos oʻgʻiti joylashtirilgan barcha lotlarda “Auksion turi” grafasida savdo koʻtarilishi yoki 10% chegirmagacha oʻtkazilishi mumkinligi aniq qilib belgi orqali koʻrsatilgan.  Boshlangʻich narxlar esa barcha keltirilgan lotlarda aynan bir hil. Tonnasiga 7 660 000 (yetti million olti yuz oltmish ming soʻm) etib belgilab qoʻyilgan.  Bu birja savdolari pasayish tomon auksion deyiladi va narx asta-sekin belgilangan chegirmagacha tushishi mumkin. Bunday savdoda ham xuddi biz oʻrganib qolgan kim oshdi auksion savdosi kabi eng yuqari narxda sotib olgan xaridor gʻolib deb topiladi. Natijada, start narxlar barcha lotda bir хil, lekin sotilish narxlari har hil boʻlishi mumkin va bu tabiiy hol.  Bunda yollangan Broker oʻz mijoziga, yaʼni xaridorga sotib olmoqchi boʻlgan mahsulot joylashtirilgan lotda koʻrsatilgan barcha alohida shartlarni toʻliq tushuntirib berishi kerak.

Birja savdolarining oʻtkazilishi yuzasidan yangilangan tartib qoidalar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin: 

https://uzex.uz/uz/pages/about-documents 
(Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida birja savdolarini oʻtkazish Qoidalari/106-band.)