Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Mart oyining "Eng yaxshi xodimlari" taqdirlandi

// 18 April 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (485.64 KB)

Bugun "Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QKda "Oyning eng yaxshi xodimlari" nominatsiyasining navbatdagi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Eng munosiblar ragʻbatlantirilgan tadbirda korxona rahbariyati, boʻlim boshliqlari va ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirda "Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK bosh direktorning investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari D.Axmedjanov, umumiy masalalar boʻyicha mutaxassis V.Reimov, kasaba uyushmasi raisi B.Alliyarovlar  oy davomida fidokorona mehnati bilan hamkasblariga namuna boʻlgan xodimlarni tabriklab, ularga mukofot pullari uchun sertifikatlar va sovgʻalarni topshirdi.

“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati