Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Korxona yoshlari uchun “Bir million dasturchi” loyihasi asosida oʻquv kursi tashkil etildi

// 02 May 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (407.58 KB)

“Qoʻngʻirot soda zavodi”da yoshlarni har tоmonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan xayrli tashabbuslar davom etmoqda. 

Xususan, ayni kunlarda IT-parkning Qoʻngʻirot tumani filiali bilan hamkorlikda ishchi yoshlar uchun “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 3-kunlik oʻquv kurslari tashkil etildi. 

Mashgʻulotlardan koʻzlangan maqsad- yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish va yoʻnaltirishdan iborat. 

Oʻquv kursida axborot texnologiyasi sohasining bugungi kunda tutgan oʻrni va ahamiyati haqida batafsil maʼlumotlar berib borilyapti. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olish imkoniyati yaratilmoqda. 

Mashgʻulotlar davom etmoqda. 

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati