Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilgʻor va zamonaviy metodikalarni qoʻllash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi

// 27 May 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (53.94 KB)

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida 2022-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Bunga koʻra, Korrupsiyaga karshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tomonlarning kelishuviga asosan nazorat tadbirlari tashkil qilinadi, “Taraqqiyot strategiyasi” doirasida har yili qabul qilinadigan Davlat dasturlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, kimyo sanoati sohasidagi korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish boʻyicha tegishli takliflar hamkorlikda ishlab chiqiladi, Jamiyat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarda korrupsiyaga olib keluvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan bildirilgan takliflarni qonunchilikka kiritish boʻyicha tegishli choralar koʻriladi. Shuningdek, jamiyat xodimlari agentlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishi doirasida tashkil etiladigan targʻibot va profilaktik tadbirlar, davra suhbatlari, xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi uchrashuvlar, muhokamalar va seminarlarga taklif etiladi. Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishi doirasida jamiyat tomonidan oʻtkaziladigan muhim ahamiyatga ega boʻlgan tadbirlarda agentlik xodimlari muntazam ravishda ishtirok etishadi. Qolaversa, “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimiga nomzodlarni ishga qabul qilish, lavozimga tayinlashda korrupsion xavf-xatarlarni bartaraf etish maqsadida nomzodlarni ishga qabul qilish jarayoni ochiq tanlov asosida onlayn translyatsiya qilib boriladi. Shu bilan birga,  jamiyat tizimida xodimlarning belgilangan qonunchilik talablarini qoʻllay olishi, ularning professionalligi va tezkorligi hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllanganlik darajasini baholab borish uchun “Sirli mijoz” yoki “Sirli murojaatchi” monitoring tadbirlari tashkil etiladi.

Taʼkidlab oʻtish lozim, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish borasidagi ishlarni muntazam va tizimli davom ettirishga alohida ahamiyat qaratiladi. Shu bilan birga, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish va chek qoʻyish, shuningdek, ushbu illatlarga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida Komplayens xizmati tomonidan mazkur sohada ustuvor yoʻnalishlar, aniq maqsadlar va vazifalar belgilab olingan.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati