Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

KIMYO GIRLS RESPUBLIKA OLIMPIADASI GʻOLIBLARI ANIQLANDI!

// 14 March 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (38.79 MB)

“Oʻzkimyosanoat” AJ, “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish Xalqaro fondi hamda D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi filiali bilan hamkorlikda  talaba qizlar uchun kimyo fani boʻyicha olimpiada tashkil etildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan ushbu ilm-fan bellashuvida respublika boʻylab umumiy 600 nafar talaba qiz ishtirok etish istagini bildirgan. 

Bugun olimpiadaning yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi va gʻoliblar aniqlandi. Respublika bosqichining 3 turida test va laboratoriya sinovlaridan eng koʻp ball toʻplagan 15 nafar qiz ishtirok etdi. Qizlar finalda  jamoa sifatida oʻz innovatsion loyihalarini taqdim etishdi. Loyihalar dolzarbligi, energotejamkorligi va iqtisodiy samaradorligiga koʻra baholandi.  

Tashkilotchilar tomonidan 1-oʻrinni egallagan jamoaga 20 million soʻm, 2-oʻrin uchun 15 million soʻm va 3-oʻrin uchun 10 million soʻm pul mukofotlari va qimmatbaho esdalik sovgʻalari taqdim etildi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati