Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan “Ichki xizmat tekshiruvlarini oʻtkazish siyosati” boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi

// 25 June 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (58.71 KB)

Yigʻilishda “Oʻzkimyosanoat” AJ Komplayens xizmati bosh mutaxassisi J.Zikirov yigʻilish ishtirokchilarini kun tartibidagi masala bilan tanishtirib, quyidagilarni maʼlum qildi:

“Ichki xizmat tekshiruvlarini oʻtkazish siyosati” “Oʻzkimyosanoat”AJning 2020-yil 9-oktyabrdagi №87-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan boʻlib, ushbu siyosatning maqsadi Jamiyatda ichki tekshiruvlarni oʻtkazishda yagona yondashuvni aniqlash, yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin boʻlgan qonunbuzarliklarga toʻgʻri javob berishni taʼminlash, jarayonni va ichki tekshiruv natijalarini hujjatlashtirish uchun talablarni belgilash,  qonunbuzarliklarning sodir boʻlishiga va Jamiyatning faoliyatiga zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan omillar va sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan  iborat.

Jamiyatda ichki tekshiruvlar qonun hujjatlariga rioya qilish, Jamiyat xodimlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish, ichki tekshiruvlar davomida olingan maʼlumotlar va materiallarning maxfiyligini taʼminlash, xodimlar tomonidan ichki tekshiruv oʻtkazish jarayonida oshkoralik, vijdonlilik, kollegiallik, xolislik va ochiqlikni taʼminlash, ichki tekshiruv olib borilayotgan xodimning aybsizlik prezumpsiyasi tamoyillariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

 Ichki xizmat tekshiruvi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi yoki Jamiyatning ichki meʼyoriy hujjatlarini buzganlik belgilari toʻgʻrisidagi yetarli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan asoslar va maʼlumotlar mavjud boʻlgandagina oʻtkaziladi. Ichki xizmat tekshiruvi oʻtkazilishiga amaldagi qonunchilik yoki Jamiyatning ichki meʼyoriy hujjatlarining buzilishi belgilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, Jamiyat xodimlarining yozma,ogʻzaki shaklda oʻz bevosita rahbariga, Komplayens xizmati xodimiga yoki Jamiyatning boshqa vakolatli xodimiga bildirilgan xabarlari, Jamiyatning aloqa kanallariga, "Ishonch telefoni"ga yuboriladigan xabarlar, shu jumladan anonim  xabarlar, ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, boshqa manbalarda eʼlon qilingan maʼlumotlar, Jamiyat boshqaruvi yoki Kuzatuv kengashi aʼzolarining topshiriqlari,  ichki audit, taftish komissiyasining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish dalolatnomalari, tekshiruv harakatlari va surishtiruv funksiyalari oʻtkazishga masʼul boʻlgan davlat mansabdor shaxslarining, huquq-tartibot idoralarining Jamiyat xodimlariga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortilayotgan xatti-harakatlarni sodir etganlikda gumon qilinganligi munosabati bilan murojaatlari asos boʻlishi mumkin.

 Shuningdek, ichki xizmat tekshiruvini oʻtkazish tashabbuskorlari Kuzatuv kengashi raisi va aʼzolari, Jamiyat boshqaruvi raisi, Komplayens xizmati boshligʻi yoki xodimi, Jamiyat Axloq komissiyasi raisi, Ichki audit xizmati rahbari, Yuridik byuroning boshligʻi boʻlishlari mumkin. Oʻz navbatida, ichki xizmat tekshiruvi oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibiga Jamiyatning komplayens xizmati, xodimlar bilan ishlash boʻlimi, ichki audit xizmati hamda xizmat tekshiruvi sohasiga qarab tegishli boʻlimlardan bittadan xodimlar kiritilishi shart. Ichki tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror bilan bir vaqtda Boshqaruv yoki Kuzatuv kengashi raisi ichki xizmat tekshiruvi ishchi guruhining rahbarini tayinlaydi, unga ishchi guruh tarkibini shakllantirish va ichki tekshirishni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi buyruqni tayyorlashni topshiradi.

Ichki tekshiruv oʻtkazish buyrugʻida ichki tekshiruv predmeti, ichki tekshiruv olib boriladigan sabab va holatlar, agar qonunbuzarlik sodir etgan xodimlar maʼlum boʻlsa, ularning ismi, shariflari va lavozimlari, tekshiruvni oʻtkazishga masʼul ishchi guruh tarkibi, ishchi guruh rahbari va aʼzolari, maxfiy axborotdan foydalanish va Jamiyatning boshqa xodimlarini ichki tekshiruvga jalb qilish boʻyicha ishchi guruh rahbari va aʼzolarining huquqlari, Jamiyat xodimlarining ichki tekshiruv oʻtkazishda Ishchi guruhga yordam berish majburiyati, Boshqaruv yoki Kuzatuv Kengashi raisiga ichki tekshiruv natijalarini berish muddati koʻrsatilishi kerak.

Ichki xizmat tekshiruvi Jamiyat Boshqaruv kengashi yoki Kuzatuv kengashi raisi tomonidan ichki tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq imzolangan kundan boshlab 30 kalendar ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshirilishi kerak, agar ichki tekshiruv jarayonida qoʻshimcha tartib-taomillarning bajarilishi (shu jumladan, xodimlar va boshqa shaxslardan qoʻshimcha soʻrovlarni oʻtkazish) majburiyati vujudga kelsa, bunday hollarda ichki tekshiruvni oʻtkazish muddati istisno tariqasida, yana bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Ichki xizmat tekshiruvi jarayonida ishchi guruh qonunbuzilish bilan bogʻliq maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va hujjatlashtirishni amalga oshiradi, qonunbuzilish holatlarini, uni sodir etishda ishtirok etgan shaxslarni, Jamiyatga yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini va qonunbuzilishi sodir etilishiga oid boshqa maʼlumotlarni oʻrganadi.

Ichki xizmat tekshiruvi natijalariga koʻra, ishchi guruhi rahbari yoki uning topshirigʻiga binoan, ishchi guruhi aʼzolaridan biri yozma xulosa chiqaradi ushbu shakl rahbar, ishchi guruhining barcha aʼzolari, shuningdek, ichki tekshiruv olib borilayotgan xodim tomonidan imzolanadi.

Ichki tekshiruv natijalariga koʻra, tegishli buyruq chiqarish orqali Jamiyat Boshqaruv yoki Kuzatuv kengashi raisi bir yoki bir nechta qaror qabul qiladi:

- qonunbuzilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tasdiqlanmaganligi sababli ichki tekshiruvning tugatilishi toʻgʻrisida;

- ichki tekshiruv materiallarini qayta koʻrib chiqish uchun qaytarish, sabablari yoki asoslari va qayta ishlash muddatlarini, shuningdek, agar lozim boʻlsa, ishchi guruh tarkibini oʻzgartirish toʻgʻrisida;

- aybdor xodimga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash yoki uni Jamiyatning amaldagi qonunchiligi va ichki meʼyoriy hujjatlarida nazarda tutilgan moddiy yoki boshqa javobgarlikka tortish toʻgʻrisida;

- xodimga nisbatan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- kelgusida shunga oʻxshash qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni oʻtkazish;

- xodimning huquqbuzarligi toʻgʻrisidagi materiallarni, agar ularda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq huquqbuzarlik (jinoyat) belgilari boʻlsa, huquqni muhofaza qilish organlariga topshirish.

 

Yigʻilish soʻngida seminar mavzusi boʻyicha ishtirokchilarning bir qator savollariga javoblar berildi.

 

Oʻzkimyosanoat AJ Matbuot xizmati