Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 21-fevral sanasidagi savdo yakunlari

// 22 February 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (640.36 KB)

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi oʻz savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2024-yil 21-fevral sanasidagi yakuni boʻyicha maʻlumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 21-fevral kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali jami 6866,0 tonna 22 366,6 mln soʻmlik mineral oʻgʻitlar sotildi. Oʻtgan kuni bu koʻrsatkich yuqori boʻlgan, yaʻni 20-fevral kuni 24 828,7 mln soʻmlik 7 281,4 tonna mineral oʻgʻitlar sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, kaliyli oʻgʻitlar, superfosfat azot-fosforli oʻgʻit kabi mahsulotlar qoʻyildi. Savdoga qoʻyilgan mineral oʻgʻitlardan ammiakli selitra eng koʻp sotilgan mahsulot boʻlib, sotuvning 38,8 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral oʻgʻitlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qoʻllanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kalsinatsiyalangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi bir qator kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qoʻyib boriladi.

21-fevral kuni jami 5 610,3 mln soʻmlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotildi. Oʻtgan kuni bu koʻrsatkich past boʻlgan, yaʻni 20-fevral kuni 3868,7 mln soʻmlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotilgan. Sotuvning asosiy qismini, yaʻni 55 foizini kalstsinatsiyalangan soda mahsuloti tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “Oʻzkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi boʻyicha barcha maʻlumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi boʻyicha taklif va eʻtirozlaringiz boʻlsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati