Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Alisher Navoiy va Bobur merosi beqiyos ma’naviy xazinadir” ko‘rik-tanlovi o'tkazildi

// 07 February 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (945.81 KB)

\

“Navoiyazot”AJ xodimlarining iqtidor va qobiliyatini yuzaga chiqarish, ular qalbida ajdodlarga bo‘lgan hurmatni shakllantirish, barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan “Alisher Navoiy va Bobur merosi beqiyos ma’naviy xazinadir” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tanlov shartlariga puxta hozirlik ko‘rgan kimyogarlar o‘z chiqishlarida ulug‘ bobokalonlarimiz hayoti va ijodiga oid ma’lumotlarni taqdim etdilar.

G‘azalxonlik mahorati shartida tanlov ishtirokchilari tomonidan Alisher Navoiy va Bobur ijodidan namunalar keltirildi.

Namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari soha vakillarining aktyorlik mahoratini ham sinovdan o‘tkazdi. Bellashuv qatnashchilari bir qator nominatsiyalar bo‘yicha jamiyat kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan taqdirlandi.

Ko‘rik-tanlovning maqsadi g‘olib yoki mag‘lubni aniqlash emas, ajdodlarimiz qoldirgan boy adabiy, ma’naviy merosni targ‘ib etish, ular hayoti va ijodini o‘rganish va kelajak avlodni Alisher Navoiy va Boburdek siymolarga munosib avlodlar qilib tarbiyalashdan iborat.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI