Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

"Navoiyazot" AJda xodimlarning favqulodda holatlarga shayligi sinovdan o`tkazildi

// 20 May 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.02 MB)

"Navoiyazot" АJning Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boshqarmasi tomonidan tashkillashtirilgan sex va ishlab chiqarishlar xodimlaridan tashkil topgan ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchi drujinalari musobaqasi jamoalarning favqulodda holatlarga nisbatan tayyorligi qay darajada ekanligini imtihon qildi. Tadbirda jami 294 xodim 40 guruhga bo`lingan holda ishtirok etdi. 
Yuqori tayyorgarlikda va murosasiz o`tgan musobaqada umumjamoa hisobida 35,5 soniyalik rekord natijani ko`rsatgan holda 56-sex vakillari mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. 35,9 soniyalik natija bilan 918-sex drujinasi 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, ulardan 0,6 soniya ortda qolgan 909-sex xodimlari kuchli uchlikka yakun yasadilar.