Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“O'zkimyosanoat” AJ universitet ittifoqi bo’yicha SAP SE bilan kelishuv imzoladi

// 18 May 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (521.84 KB)

SAP Universitet Ittifoqi va “O‘zkimyosanoat” AJ o’rtasida tarmoq oliy o’quv yurtlari o’qituvchi va talabalari uchun keng ko‘lamli o‘quv dasturiga start berilganini e’lon qilamiz. Tashabbusdan koʻzlangan maqsad “Oʻzkimyosanoat” AJning raqamlashtirish loyihalarida ishtirok etish uchun malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat.

SAP va“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatini raqamli transformatsiyasi uchun kadrlar tayyorlaydi.

Dastur uch bosqichdan iborat. Birinchisi: “Intellektual korxona qurish” dasturi doirasida professor-o‘qituvchilarini tayyorlash.

Nazariy o’quv kursini tugatgandan so‘ng universitetprofessor-o’qituvchilari talabalarni innovatsion SAP S/4HANA platformasi bilan ishlashga o‘rgatishni boshlaydi. Talabalar dasturi “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimida 8 dan ortiq faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan raqamlashtirish loyihasiga jalb qilinadigan mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarini inobatga olgan holda moslashtiriladi.

Eng yaxshi talabalar "SAP Certified Application Associate" yo'nalishi bo'yicha sertifikatlarga ega bo’ladi, bu nafaqat butun dunyoda talab qilinadigan ilg'or IT-yechimlar bilan ishlash qobiliyatini kafolatlaydi, balki kelajakda respublikaning yetakchi kompaniyalarigaishga joylashishda qo'shimcha afzallik hisoblanadi.

SAP va “O‘zkimyosanoat” AJ bilan hamkorlik nafaqat o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish, o‘qituvchi va talabalarning malakasini oshirish, balki kimyo sanoatini raqamli transformatsiya loyihasida ishtirok etish imkonini beradi.

SAP Universitet ittifoqi MDHning 130 dan ortiq universitetlari bilan hamkorlik qiladi, buning natijasida talabalar SAP texnologiyalarini amalda o‘rganishlari, muammolarni hal qilishlari va raqamli iqtisodiyot ehtiyojlari uchun o‘z loyihalarini ishlab chiqishlari mumkin. Bugungi kunga qadar mamlakatimizning 4 ta oliy oʻquv yurti Oʻzbekistondagi Ittifoqqa aʼzo boʻlib, u yerda kompaniya mutaxassislari muntazam ravishdatalabalar va oʻqituvchilar uchun SAP yechimlari boʻyicha kurslar tashkil etishmoqda.

“O’zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati