"O'zkimyosanoat" AJ

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 20-iyun sanasidagi savdo yakunlari

// 20 June 2022 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/birja20220620

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 20-iyun sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 20-iyun kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 12550 tonna 35617,4 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. O‘tgan hafta bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 17-iyun kuni 37330,3 mln. so‘mlik 12688 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, kaliyli o‘g‘itlar, superfosfat azot-fosforli o‘g‘it kabi mahsulotlar qo‘yildi. Savdoga qo‘yilgan mineral o‘g‘itlardan ammiakli selitra eng ko‘p sotilgan mahsulot bo‘lib, sotuvning 60,4 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral o‘g‘itlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qo‘llanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kalsinasiyalangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi bir qator kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qo‘yib boriladi. 20-iyun kuni jami 6046,6 mln. so‘mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotildi. O‘tgan hafta bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 17-iyun kuni 6596,6 mln. so‘mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotilgan. Sotuvning asosiy qismini, ya’ni 65,9 foizini kalsinasiyalangan soda mahsuloti tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “O‘zkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi bo‘yicha barcha ma’lumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi bo‘yicha taklif va e’tirozlaringiz bo‘lsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

“O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati