Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“O'zatom” agentligi tashkil etiladi

// 20 July 2018 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (31.05 KB)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, aholi va mamlakat iqtisodiyotining elektr energiyasiga bo'lgan o'sib borayotgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, energiya hosil qiluvchi quvvatlarni ko'paytirish hisobiga energiya bilan barqaror ta'minlash, energetika sektorini diversifikatsiya qilish, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish va ushbu yo'nalishlarga ilg'or innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (“O'zatom” agentligi) tashkil etiladi.

“O'zA”